Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD Shahzoda Xudoynazarova rahbarligida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Eshitishida va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasi” mavzusida amaliy-innovatsion grant loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xalqaro karlar kuni munosabati bilan 24-sentyabr kuni mazkur loyiha doirasida ilmiy-ijodiy tadbir o‘tkazildi. “Raqs harakatlari orqali so‘zlashamiz” shiori ostida sahnada chiqish qilgan ijrochilarning yurakdan ijro etgan raqslari barchada kuchli taassurot qoldirdi.
Loyiha ishtirokchilari shu kunlarda Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalda mamlakatimiz nomidan qatnashish uchun yo‘lga chiqdilar.
Ma’lumot uchun: eshitishi va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar bilan xoreografiya yo‘nalishida tadqiqotlar O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilmoqda.