Loyiha doirasida erishilgan natijalar

Tadbirlar va tashkiliy masalalar yo'nalishida

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Inklyuziv raqs va cheklovsiz ijod” shiori ostida “Biz tengmiz — bir safdamiz” nomli ilmiy-ijodiy tadbir bо‘lib о‘tdi. Tadbirni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, dotsent Lola Eltoyeva olib bordilar.

2025-yil 24-sentabr kuni  “Xalqaro karlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida olib borilayotgan “Eshitishida va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi doirasida “Inson qadri uchun” shiori ostida “Biz tengmiz-bir safdamiz” nomli  ILMIY-IJODIY TADBIR O‘TKAZILDI

Raqamlashtirish va dizayn yo'nalishidagi erishilgan natijalar

“Eshitishida va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish” loyihasi rasmiy ramzi(logosi) ishlab chiqildi. Hozirda loyoha doirasida o’tkazilayotgan tadbirlar, ishlanmalar va multimedia maxsulolatlarida ushbu ramzdan foydalanilmoqda.

“Eshitishida va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish” loyihasi doirasida  inklyuziv-raqs.uz — maxsus elektron ta’lim platformasi ishlab chiqildi.      Platformani ko’rish uchun quyidagi havolaga o’ting>

OAV yo'nalishidagi erishilgan natijalar

Loyiha doirasida erishilgan natijalar, yangiliklar, e’lonlar, xabarlar va tadbirlar haqida ma’lumotlarni ommalashtirish maqsadida loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari yo’lga qo’yildi va doimiy ravishda kontent ma’lumotlar joylashtirib borilmoqda.