«Sunnat to‘ylari» xayriya tadbiri tashkil etildi

Bugun ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamkorligida «Sunnat to‘ylari» xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar, ularning ota-onalari hamda tashrif buyurgan mehmonlar uchun quvonch va unutilmas lahzalarga boy bayram muhiti yaratildi. Bolalarning samimiy tabassumi va ko‘tarinki kayfiyati tadbirning eng katta yutug‘i bo‘ldi.

Mazkur tadbirda «Eshitishida va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish» loyihasi rahbari, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova ham faol ishtirok etdi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *