“Eshitishida va so‘zlashuvida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish”  loyihasi doirasida  nklyuziv-raqs.uz  maxsus elektron platformasi(keyingi oʻrinlarda platforma) yaratilishni loyiha jamoasi tomonidan rejalashtirildi.
          Platforma maqsadi — loyiha doirasida amalga oshirilayotgan barcha ilmiy-amaliy jarayonlar to‘g‘risida jamoatchilikka yanada kengroq axborot uzatish. Respublika hududlarida mavjud inklyuziv ta’lim maktab va muassasalarda foydalanishi uchun yaratilayotgan elektron o‘quv adabiyot va video darsliklar bilan tanishtirish hamda ulardan foydalanish imoniyati yaratish.
          Platformasi vazifasi – loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni barcha kuzatishi uchun yana bir qulaylikni ta’minlash hamda Respublika hududlarida mavjud inklyuziv ta’lim maktablari va muassasalarida foydalanishi uchun yaratilayotgan elektron o‘quv adabiyot va video darsliklarni qulay tarzda yetkazish. Loyiha doirasida yaratilgan multimedia maxsulotlarini umumiylashgan majmuini yaratish hamda jamiyatdagi mavjud qatlamlarga yetkazish, targ’ib qilish.