Ushbu sana butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadigan yuksak ma’naviy ahamiyatga ega sanadir. Ushbu kunni nishonlash Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktabrda qabul qilgan 47/3-sonli rezolyutsiyasi bilan joriy etilgan bo‘lib, u jamiyatimizda inklyuzivlik, tenglik va inson qadr-qimmatini ulug‘lash g‘oyalarini mustahkamlaydi.

